Aerofagiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerofagiya (aero… va yunoncha phagein — yutmoq) — havo yutish. Ovqat yutganda qisman havo yutish tabiiy hol. Lekin quruq havo yutish ga odatlanish kasallikka sabab boʻladi. Odatda shoshib va gaplashib turi b ovqat eyish, baʼzan koʻp soʻlak ajralishi natijasida Aerofagiya roʻy beradi. Surunkali gastrit, kolit, meʼda yarasi va gipotoniyasi, koronar tomirlar kasalligi, aorta anevrizmasida ham paydo boʻlishi mumkin. Emadigan bolalarning quruq teshik soʻrgʻich soʻrib yurishi ham Aerofagiyaga sabab boʻladi. Yutilgan havoning bir qismi kekirganda chiqib ketadi, qolgani meʼdani shishiradi, ichakka oʻtib, faoliyatini izdan chiqaradi, peristaltikasi buzil adi, bemor qayt qilib, qorni ogʻriydi; bola ishtahasi yoʻqolib, ozib ketadi. Psixiatriyada Aerofagiya nevrozning ayrim turlarida kuzatiladi. Davos i: psixoterapiya, soʻlak, balgʻam yutmaslik, ovqatlanayotganda gapirmasdan oz-ozdan ovqat eyish, meʼdada koʻp turib qoladigan ovqat emaslik, gazli ichimliklar ichmaslik tavsiya etiladi. Bolalarga soʻrgʻichni quruq soʻrdirmaslik, havo yutishga odatlanishga yoʻl qoʻymaslik, qorin shishib ogʻriganda bolaning holatini oʻzgartirib, havoni chiqarib yuborish chorasi koʻriladi[1].


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil