Aerodinamik kuch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerodinamik kuch — suyuqlik (gaz)da harakat qilayotgan jism sirtiga taʼsir etuvchi kuch. Quyidagi formuladan aniqlanadi: bunda: suyuqlik (gaz)ning jismdan uzoqdagi zichligi, v — jism tezligi; S—aerodinamik koeffisient; S — jismning kesim yuzi. Harakatdagi jism sirtining har bir unsuriga taʼsir etuvchi Aerodinamik kuchlarni bitta teng taʼsir etuvchi kuch bilan almashtirish mumkin (toʻla Aerodinamik kuch va bosh moment — aerodinamik moment). Aerodinamik kuchni uchta proeksiyaga ajratish mumkin:

  1. Harakat yoʻnalishiga qarshi boʻlgan kuch — aerodinamik qarshilik X\
  2. Tezlik yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlgan koʻtarish kuchi U;
  3. Yon kuch — A va Y kuchlarga perpendikulyar kuch. Tula Aerodinamik kuch baʼzan toʻla aerodinamik qarshilik deb ataladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil