Advokatura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Advokatura — advokatlarning uyushgan ko‘ngilli jamoat tashkiloti. O‘zR Konstitutsiyasi 116-modda 2-qismida sud va tergov ishio‘i yuritish har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) yuri-dik yordam berish uchun advokatura fao-liyat ko‘rsatishi belgilangan. A. tashkil etish va ish tartibi qonun bilan belgilana-di. "Advokatura to‘g‘risida"gi Qonunda (1996 y. 27 dek.) ta’kidlanishicha, A. — huquqiy muassasa hisoblanib, u ad-vokatlik faoliyati hamda xususiy advo-katlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ay-rim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi, O‘zR fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxo-nalar, muassasalar, tashkilotlarga yuri-dik yordam ko‘rsatadi, o‘z faoliyatini O‘zR Konstitutsiyasi 3-bobida ko‘rsatilgan Konstitutsiya va qonunning ustunligi to‘g‘risidagi prinsip hamda mustaqillik va b. demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsen-ziyani belgilangan tartibda olgan shaxs o‘z advokatlik byurosini ochib yakka tartibda faoliyat ko‘rsatishga yoxud ix-189tiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hay’atlar va firmalar tuzishga qaqdidir. Advokatlar byuro, hay’at va firmalari, shuningdek, advo-katlar birlashmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, vilo-yatlar, Toshkent sh. hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan O‘zR Vazir-lar Mahkamasi belgilaydigan tartib-da ro‘yxatga olinadi. Advokatlar byuro, hay’at va firmalarini tuzish, ular tu-zilishi, shtatlari, vazifalari, mablag‘ sarflash tartibi, rahbar organlari-ning vakolatlari, ularni saylash tar-tibi hamda advokatlar byuro, hay’at va firmalarining faoliyatiga doir boshqa masalalar ularning ustavlari (nizom-lari) bilan tartibga solib turiladi. A. notijorat tashkilotdir va faoliyatni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. A. mablag‘lari, davlat bilan A. o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar "Advokatlik faoli-yatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida"gi O‘zR Qonunida (1998 y. 25 dek.) belgilab be-rilgan. A.lar qonunda belgilangan tar-tibda advokatlarning jamoat birlashma-larini tuzishi mumkin (q. O‘zbekiston advokatlar uyushmasi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil