Adventistlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adventistlar (lot. adventus — voqe bo‘lish) — xristian sektalaridan biri. 19-a.ning birinchi yarmida AQShda vujudga kelgan. Sekta a’zolari "Iso-ning qaytib kelishi" yaqinligiga, xudo-ning ming yillik va tanho hukmronligi boshlanishiga ishonadilar. Asoschi-si baptist U. Miller (1782 — 1849). "Muqaddas yozuvlar va 1843 y.da Iso-ning 2-marta voqe bo‘lishi hamda 1000 yillik hukmronligi haqida tarixiy dalillar" kitobida Bibliya tarkibiga kirgan payg‘ambarlar kitoblariga suya-nib, Isoning 2-marta kelishiga doir o‘zi belgilagan muddatni asoslashga urin-gan. A. harakati bir necha tarmoqlarga bo‘linib ketgan. Eng yirigi — "Yettinchi kun adventistlari"dir. A. insoniyat ta-rixi Iso va shayton o‘rtasidagi abadiy kurashdan iborat, bu kurash shaytonning halokati bilan tugaydi, xalos bo‘lishning birdan-bir yo‘li A. e’tiqodini qabul qilishdir, deb ishonadi. A. jonning o‘lmasligini inkor etadi: jon tana bilan birga o‘ladi va Isoning qaytib kelgan kuni yana tiriladi. Ular xudo olamni yaratayotganda shanbada dam olgan, dey-dilar va shu sababli shanba kunini bayram qiladilar. Shuning uchun Ros-siyada A. o‘zlarini subbotniklar deb ataydilar. Bu sekta MDHda, jumladan, O‘zbekistonning ayrim shaharlarida ham mavjud. Ularning ro‘yxatga olingan 9 ta jamoasi bor (1998). Mavjud bo‘lgan bar-cha cherkovlarga Toshkent sh.da joylash-gan Yettinchi kun xristian A.ining O‘rta Osiyo konferensiyasi rahbarlik qiladi. Prezidenti Robert Geybel (1992 y.dan).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil