Adveksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adveksiya (lot. advectio — el-tish), meteorologiyada — havo va u bilan birga fizik xossalari (t-ra, namlik va h.k.)ning gorizontal (yotiq) yo‘nalishda ko‘chishi. Biror hududdagi ob-havo va uni tashkil qiluvchi meteorologiya unsur-lari ikkinchi bir hududga gorizontal ko‘chganda A. yuz beradi. Shu hududning t-rasi A. tufayli ko‘tarilsa, iliqpik A. si, aksincha, pasaysa — salqinlik A. si deb ataladi. A. natijasida yuz bera-digan atmosfera hodisalari advektiv hodisalar deb ataladi, mas, advektiv tumanlar, momaqaldiroq, ayoz va b. Sovuq va issiq, quruq va nam havo massalari A. si ob-havoning qanday bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi (yana q. Konveksiya).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil