Adsorbsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adsorbsiya — qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat)larning konsentrlanishi (yutilishi). A. adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch taʼsirida sodir boʻladi. Adsor-bat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir (mono-), ikki (bi-) va hokazo koʻp (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil boʻladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi maʼlum dara-jaga yetganidan keyin desorbsiya boshla-nadi. Yutilgan modda adsorbsion qavatda oʻz xususiyatini saqlab qolsa, fizik A., oʻzgarsa, yaʼni adsorbent bilan kimyoviy bi-riksa, kimyoviy A. deyiladi. Fizik A. temperatura, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bogʻliq. A. hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan oʻgʻit, avvalo tuproqqa A. lanadi. Oʻsimlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali A. jarayoni asosida oʻzlashtiradi. A. gaz va suyuq aralash-malarni ajratish-da (qarang Xromatografiya), biologik jarayon-da, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qoʻshilmalardan holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda A. dan keng foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil