Adsorbentlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adsorbentlar (lot. ad — yonida va sorbens — yutuvchi) — tabiatda uchraydigan va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlanadigan, disperelik darajasi yuqori boʻlgan (qarang Dispers sistemalar) juda katta tashqi (gʻovaksiz) yoki ichki (gʻovakdor) sirtli jismlar. Suyuq yoki gaz holidagi moddalar adsorbsiyasi xuddi shu A. sirtida sodir boʻladi. Tabiiy A.ga opoka (govaqtosh), gilmoya va boshqa kiradi. Sunʼiy A. uglevodo-rodlarni termik parchalash yoki tutatish (kurum olish), oʻta qizdirilgan suv bugʻi bilan kremniy-organik moddalarni gi-drolizlash (aerosillar), dagʻal dispers sistemalarni kimyoviy jihatdan faol-lash yoki modifikatsiyalash (faol kumir, faollantirilgan gil) va boshqa yoʻllar bilan olinadi. A.ning adsorbsion xususiyati qattiq jismning tabiatiga, sirt tuzi-200lishiga, kattaligiga, gʻovaklarining tu-zilishiga bogʻliq. Ular, asosan, gʻovaksiz, yirik gʻovakli, mayda govakli va aralash gʻovakli turlarga boʻlinadi. A. protivo-gazlarda ishlatiladi, gaz va suyukli-klarni tozalash va quritishda, polimerlarning toʻldirgichlari sifatida va boshqa maqsadlarda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil