Adrianopol sulh shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ADRIANOPOL SULH SHAR-TNOMASI — 1828—29 y.lardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol (hoz. Edirne) sh.da imzolangan. 1827 y. 6 iyulda Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlari o‘zaro til biriktirib, Turkiyadan Gresiyaga mux-toriyat berish masalasini qo‘ydilar. Biroq Turkiya hukumati bu talabni rad etdi. Buning ustiga Dunay knyazlikla-rida Rossiyaning ustunligini tiklagan Akkerman konvensiyasi (1826) dan noro-zi bo‘lgan Turkiya Rossiyani usmonlilar imperiyasining ashaddiy dushmani deb e’lon qildi va barcha musulmonlarni ruslarga qarshi g‘azovotga chaqirdi. Ros-siya 1828 y. 14 aprelda Turkiyaga qarshi yurish boshladi. Rus qo‘shinlari tez ora-da Konstantinopolga yaqinlashib qoldi. Bundan cho‘chigan G‘arb davlatlari Turki-yaga darhol sulh tuzishni va Rossiya shart-lariga ko‘nishni taklif kildi. Turkiya 1829 y. 2 (14) sent.da A.s.sh.ni imzoladi. A.s.sh. natijasida Qora dengizning Bos-for va Dardanel bo‘g‘ozlaridan rus va xorijiy davlatlarning savdo kemalari erkin o‘tish huquqini oldi. Kavkaz yer-larining Rossiyaga uzil-kesil o‘tganligi A.s.sh.da qayd etildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil