Admiralteystvo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Admiralteystvo:

1) (eski maʼnosi) kemalar quriladigan, qurollantiriladigan va taʼmirlanadigan joy;

2) flotni boshqarish ido-rasi. Rossiyada 1718-yil tashkil etilgan A. kollegiyasi 1802-yildan boshlab Dengiz Kuchlari vazirligi deb atalgan. 1827-yil u A.lar kengashiga aylantiri-lib 1917-yilgacha mavjud boʻlgan. Angli-yada A. hozirga qadar mavjud;

3) Sankt-Peterburg meʼmorligining mashhur na-munasi hisoblangan bino. 1704-yil Pyotr 1 tomonidan qurdirilgan. A. rus ustalari F. F. Shchedrin, I. I. Te-rebenyov va boshqalarning nodir haykaltaroshlik asarla-196ri bilan bezatilgan;

4) Buyuk Britaniyada harbiy-dengiz kuchlarini boshqaruvchi va qoʻmondonlik qiluvchi oliy organ.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Admiralteystvo" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil