Ader (burun)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ader — Sharqiy Antarktidadagi qoyadan iborat burun, Ader yarim orolda Viktoriya Yerining shimoli-sharqiy chekkasi. 1841-yilda J. Ross boshliq ingliz ekspeditsiyasi topgan va doʻstining nomi bilan atagan. Ader yonida 1899-yilda K. Borxgrevin boshchi-ligidagi Britaniya ekspeditsiyasi Antarktida materigida qish-lab qolgan birin-chi Keyp-Ader stansiyasini barpo etdi. Stansiya bir yil davomida faoliyat koʻrsatdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil