Abu Zar Gʻiforiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abu Zar G‘iforiydan yoʻnaltirildi)

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Abu Zar Gʻiforiy (arab. أبو ذر الغفاري‎‎) to‘liq ismi Jundub ibn Junoda ibn Sufyon ibn Ubayd al-Gʻiforiy (tugʻilgan sanasi nomalum — 652) — sahobalarning ulug‘laridan. Gʻifor qabilasidan.

Tarjimai holi[tahrir]

Makkani tashqi olam bilan bogʻlab turadigan Vaddon vodiysida Gʻifor qabilasi istiqomat qilardi. Gʻiforiylar, asosan, tez-tez Shom shaharlariga qatnab turadigan Quraysh qabilasining savdo karvonlaridan olib qoladigan soliq hisobiga kun kechirardi. Agar savdogarlar vodiyliklarni rozi qilmasalar, talon-taroj uyushtirishdan ham toymasdilar. Abu Zar kunyasi bilan tanilgan Jundub ibn Junoda ushbu qabilaning farzandlaridan biri edi, lekin qabiladoshlaridan qalb jur’ati, aql-zakovati va uzoqni koʻra bilishi bilan ajralib turardi. Yana bir jihati bilan u atrofdagilarga oʻxshamasdi: qavmdoshlari Allohga emas, qandaydir butu sanamlarga sigʻinayotganidan yuragi qattiq siqilardi, arablarning buzuq din, fasod aqidalarini butunlay inkor etardi, yangi paygʻambar zohir boʻlishini, odamlarning qalbini iymonu eʼtiqodga toʻldirib, zulmatlardan nur sari yetaklashini intizorlik bilan kutardi. Tarixning ogʻir sinovlarga toʻlapaytlarda, yaʼni hazrati rasululloh (s.a.v) rihlatlaridan keyin ummat ikiga boʻlinib ketgan paytda Abu Zar haq yoʻldan toymasdan rasuluing dasturlariga amal qilib ahli bayt (a.s)ga ergashdi va sodiq sahobalaridan boʻlgan edi. U usha fitnalar kuchaygan davrda xalq orasida yurib qoʻrqmasdan Ahli bayt fazilatlari haqida gapirar va unga ergashish lozimliogini hadislar keltirib uqtirar edi. Vaholanki oʻsha kunlarda Ali ibn Abi Tolib (r.a) uy qamogʻida edilar.

Abu Zar Gʻiforiy umrining oxirigacha rasululloh (s.a.v)ga bergan ahdiga vafodor qolgan edi. Uning shijoati va otashin nutqlaridan qoʻrqqan, oʻzini musulmon deb koʻrsatgan aslida esa munofiq boʻlgan unsurlar uni shahid etishdi. Alloh subhonahu va Taolo Abu Zarni rahmatiga olsin. Batahqiq, u insonlar uchun oʻrnakka arzigudek zot edi.

Manbalar[tahrir]