Abu Nuvos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Nuvos Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiy (762, Ahvoz — 813, Bagʻdod) — arab shoiri. Abbosiylar davrining buyuk shoirlaridan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nuvasning bolaligi Basrada o‘tgan, u yerda yoshligidayoq u taniqli adiblar va olimlar bilan tanishgan. Uning otasi oxirgi ummaviy xalifa Marvarid II qo‘shinida xizmat qilgan. SHoirning onasi fors bo‘lgan. Kufa madrasalarida taʼlim olgan. Sheʼrlarining goʻzalligi, purhikmatliligi jihatidan hatto Umru ul-Qaysga tenglashtirilgan. Mayparastligi tufayli el ichida "Shaʼir ul-Hamra" ("Ichkilik shoiri") degan nom olgan. Hayotining asosiy qismini Bagʻdodda oʻtkazgan, xalifalar – Horun ar-Rashid, Al-Amin va Al-Maʼmun bilan juda yaqin munosabatda boʻlgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nuvas hajviya va marsiyalar yozgan. U mustaqil ov qasidalari – tardiyatning yaratuvchisi hisoblanadi, chunki unga qadar ov tasvirlari qasidalarda faqat tarkibiy element sifatida mavjud bo‘lgan. Ammo Abu Nuvasga shuhratni uning hamriyati – may haqidagi she’rlari, Abu Nuvasda mustaqil janrga ilk bora aylangan butun boshli ziyofat qasidalari keltirgan. Xorun ar-Rashid saroyida qabul qilingan, bir qancha vaqt amir al-Xasib saroyida yashagan, so‘nggi yillarini esa Bag‘dodda xalifa al-Aminning saroy shoiri sifatida o‘tkazgan. Abu Nuvas obrazlarining rang-barangligi, uning nihoyatda kuzatuvchanligi, cheksiz she’riy fantaziyasi, uslubining aniq-ravshan va soddaligi arablar orasida o‘rta asrning eng buyuk shoirlaridan biri sifatida shuhrat qozonishiga sabab bo‘lgan. Mavzularining birxilligiga qaramay (ayniqsa xamriyat janrida), shoir har safar yangi ifodali obrazlar topgan. Ijodida ishqiy va axloqiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi. Uning "Devoni" Qohirada qaytaqayta nashr etilgan (1898).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abu Nuvos" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Esat Ayyıldız. "Ebû Nuvâs’ın Şarap (Hamriyyât) Şiirleri". Bozok Üniversitesi İlahiyat Fakültesi Dergisi 18 / 18 (2020): 147-173.



3.ZIYAVUDDINOVA, MUXLISA. «YANGILANISH» DAVRI SHE’RIYATI, Toshkent, 2011 — 77-80 bet. </ref>