Abu Lahab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Lahab (arab. عبد العزى بن عبد المطلب‎‎ - "oʻtda kuyuvchi", "alangalanuvchi"; asl ismi Abd al-Uzzo ibn Abdulmuttalib (6-asr oʻrtalari - 624) -Muhammad (sav)ning amakisi va yovuz dushmani. Abu Lahabning Ataba va Utayba ismli ikki oʻgʻli paygʻambar (as)ning qizlariga uylangan. Abu Tolib oʻlimidan soʻng (619 yili) u banu Hoshim qabilasining boshligʻi boʻlgan. Dastlab Abu Tolib kabi Muhammad (sav)ga homiylik qilgan. Ammo Muhammad (sav) Makka ahli sigʻingan uch maʻbudni tan olishdan butunlay voz kechganlaridan soʻng, qaynogʻasi Abu Sufyon taʻsirida Muhammad (sav)ni himoya qilishdan bosh tortgan. Paygʻambar (as)ni masxaralab, xotini bilan birgalikda u zotga qarshi har xil makrlar ishlatgan. Muhammad (sav)ning dushmanlari ichida Qurʻonda ismi keltirilgan yagona shaxsdir. Qurʻonning 111-surasida Abu Lahab laʻnatlanadi.

Oʻxshash maqolalar[tahrir]

Quraysh

Manbalar[tahrir]