Abu (kunya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu (arab. أبو‎‎ - ota soʻzining izofa holatidagi shakli) - arablar va boshqa musulmon xalqlarda koʻpchilik kunyalarning tarkibiy qismi.

Mas., Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b. „Abu“ bilan kelgan ism shaxsning otasi ekanligini, „ibn“ bilan kelgan ism esa shaxsning oʻgʻli ekanligini bildiradi. „Abu“ soʻzi turdosh ot maʼnosida ham ishlatiladi. Bunda u kunya boʻlmaydi. Mas., "Abunnazzora — „koʻzoynak otasi“ (yaʼni koʻzoynak taqib yuradigan kishi). Baʼzan „Abu“ soʻzi hayvonlar va jonsiz narsalarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Mas., „Abu riyoh“ — „shamol otasi“ (yaʼni qaysi tomondan shamol esayotganligini koʻrsatuvchi temir parrak) (flyuger); „Abulyaqzon“ — xoʻroz. Koʻpgina adabiy soʻz va atamalar qatori „Abu“ soʻzi ham oʻzbek adabiy tilida 9—10 asrlardan boshlab turkiy soʻz va atamalar bilan yonma-yon, goh ularning oʻrnida qoʻllanila boshlangan. Mas., Alisher Navoiy quyidagi sheʼriy baytida „bobo“ soʻzi oʻrnida arabcha „jadd“ va „ota“ soʻzi oʻrnida „ab“ soʻzini qoʻllagan:

''Degach abjad, boshigʻa uyrulurlar —
Qamar birla quyosh, yaʼni jadu ab.


Adabiyotlar[tahrir]

  • "Abu". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-yil.