Absenteizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Absentizmdan yoʻnaltirildi)

Absenteizm — (lot. absens (absentis) saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yigʻilishlarda va hokazoda qatnashishdan bosh tortishi; aholining oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. Absentizm saylov tizimining nodemokratik koʻrinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli, u erkin saylovlar oʻtkazilayotganda uchraydi. Bunga qarshi salbiy (jarima sanktsiyalarini belgilash — ayrim davlatlarda qoʻllaniladi) va ijobiy (ovoz berishda ishtirok etganligi uchun davlat byudjetidan pul toʻlanadi yoki saylov oʻtkazilgan kun mehnat taʼtiliga qoʻshib beriladi) tusdagi usullar qoʻllaniladi.

Absenteizm (lot. absentia — qatnashmaslik, bosh tortish) — 1) say-lovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yigʻilishlarda va hokazoda qatnashishdan bosh tortishi; aholining oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik koʻrinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli; 2) qishloq xoʻjaligini yuritishning sharti sifatida yerning oʻz egasidan aj-ratib qoʻyilishi. Bunda yer egasi — ab-senteist ishlab chiqarish jarayonida qatnashmay pul daromadi (renta yoki foyda shaklida) oladi. Bu bilan yer daromadlari qishloq xoʻjaligi ish-lab chiqarishi sohasidan ajratiladi va absenteistlarning yashash manbaiga ay-lanib qoladi. Dehqonchilik A.i Lotin Amerikasida eng koʻp tarqalgan.[1]

Qoida tariqasida, Absentizm saylovlar haqiqiy deb topilishi uchun lozim boʻlgan saylovchilar sonining kamayishiga olib keladi. Masalan, „Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida“gi Qonun talablariga muvofiq, agar roʻyxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kami referendumda ishtirok etgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni oʻtmagan deb hisoblaydi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Absenteizm" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil