Abiogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abiogenez (yun. a— inkor qo‘shimchasi, bio... va genesis — kelib chiqish, paydo bulish) — tirik tabiatda mavjud bo‘lgan organik birikmalarning organizm ishtirokisiz nobiologik yo‘l b-n hosil bo‘lishi. Keng ma’noda A.— tirik mavjudotlarning paydo bo‘lishi, ya’ni hayotning vujudga kelishi haqidagi zamonaviy nazariyadir. A. to‘g‘risidagi eng qad. tushunchalar juda sodda bo‘lib, tirik mavjudotlar anorganik yoki orga-nik ulik moddalardan o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi, degan farazga asoslangan edi. Tirik mavjudotlarning o‘z-o‘zidan pay-do bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchalarga 1861 y.da L. Paster uzil-kesil zarba berdi. Ammo A. to‘g‘risidagi zamonaviy nazariya organik moddalarning anorga-nik moddalardan sintezlanishi, piro-vard natijada hayotning A. orqali paydo bo‘lishini inkor etmaydi, A. I. Oparin va b. ko‘pgina olimlarning fikricha, Yerda hayot uzoq davom etgan kimyoviy ja-rayonlar natijasida Yer taraqqiyotining muayyan boskichida paydo bo‘lgan. Qad. geologik davrlarda Yerdagi sharoit (t-ra, atmosfera tarkibi, nurlanish) organik moddalarning A. sintezlanishi uchun 2qulay bo‘lgan. 20- a. o‘rtalarida oqsil va b. organik birikmalarning Yerning qad. geologik davrlardagi sharoitida abio-gen yUl b-n sintezlanishi tajribada is-bot etildi (q. Hayot, Biogenez).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil