Aberratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aberratsiya (lot. aberratio — og‘ish) — 1) umumiy ma’noda — me’yordan og‘ish, me’yordagi qiymatlardan farqlanish; 2) optik tizimlarda — optik tizimning risoladagidek emasligi tufayli tasvir-ning buzilishi; tasvir aniq chiqmaydi, asliga to‘liq mos kelmaydi yoki chaplashib ko‘rinadi. A.ning geometrik, xromatik va difraksion turlari farq qilina-di; 3) astronomiyada — yorug‘lik manbai va uni qabul qiluvchi qurilma bir-biriga nisbatan harakatda bo‘lgani tufayli yorug‘lik nurining yo‘nalishi o‘zgarishi. 0Yorug‘lik A.si oqibatida osmon gumba-zida yoritqich (mas, yulduz)ning haqiqiy vaziyati buzilib ko‘rinadi; 4) elektron linzalar A.si (q. Elektron-optik aber-ratsiyalar).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil