Aberdin-angus qoramol zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aberdin-angus qoramol zoti - Shotlandiyada yetishtiril-gan sergo‘sht zot. A.-A. q. z. AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argenti-na va b. mam-lakatlarda boqiladi. Bu zot qora tusli, shoxsiz, tanasi silin-drsimon, oyoqlari kalta, baquvvat. Si-girlarining tirik vazni 500—550 kg , buqalariniki 750—800 kg , ba’zan 1000 kg ga boradi. 15—16 oylik axtalangan buqachalari 450—460 kg go‘sht qiladi. Bo‘rdoqi qilib so‘yilganda 60% go‘sht be-radi. O‘zbekistonda A.-A. q.z.ni jaydari qoramol zotlari bilan chatishtirish ishlari 60- y.lardan boshlangan. Surxondaryo vi-loyati Uzun tumanidagi "Bobotog‘" hamda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani-dagi U. Yusupov nomidagi xo‘jaliklarda mahalliy sharoitlarda bu zot imkoni-yatlarini o‘rganish davom ettirilmoqda (1998).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil