Abelyar Pyer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ABELYAR (Abelard) Pyer (1079-1142) -fransuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. A. har bir hodisani koʻr-koʻrona eʼtiqodga asoslangan holda emas, balki fikr yuritish asosida baholashni targʻib etganligi uchun cherkov vakillarining gʻazabiga duchor boʻlgan. A. "ha va yoʻq" asarida xristian din i nazariyotchilari qarashlarining bir-biriga qaramaqarshi ekanligini ochib bergan. A. taʼlimoti 1121 va 1140 y. lardagi soborlarda muhokama etilgan. Universaliy (umumiy tushuncha) tabiati haqidagi munozarada keyinchalik konseptualizm deb atalgan taʼlimotni rivojlantirdi. A.ning Eloizaga boʻlgan fojiaviy muhabbati oʻzining "Mening koʻrgan-kechirgan musibatlarim" avtobiografik asarida bayon etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil