Abdulloh Ibn az-Zubayr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh Ibn Az-Zubayr (624692) — ilk islom davridagi mashhur siyosiy arboblardan biri. 680 y. umaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviyaga qarshi chiqqan. 683 y. Yazid vafotidan soʻng A. ibn 3. Iroq, Jan. Arabiston, Misr va Suriyaning katta qismida xalifa deb eʼtirof etilgan. 687 y. A. ibn 3. qoʻshini al-Muxtor boshchiligidagi isyonchi shialar ustidan gʻalaba qozongan. Umaviylar hokimiyati mustahkamlangach, xalifa Abdulmalikning Haj-joj ibn Yusuf qoʻmondonligi ostidagi qoʻshini A. ibn 3. tarafdorlarini Makkai mukarramada qamal qilgan. A. ibn 3. jangda halok boʻlgan.