Abbos Mahmud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abbos Mahmud

Abbos Mahmud (1935, Falastinning Safad sh.) — Falastin davlat arbobi. Damashq universitetini tugatgan. Dastlab Qa-tar Davlatining maʼmuriy tizimida xizmat qilgan. Siyosiy faoliyatini Qatardagi falastinliklar guruhlarini tashkil etish va birlashtirishdan boshlagan. A. Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) asoschilaridan biri, uning markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1980 y.dan FOTning milliy va xalqaro aloqalar departamenti rahbari. 1988 y.dan FOT Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, 1996 y.dan qoʻmitaning bosh kotibi, 1996 y. yanvarda Falastin milliy ken-gashi (parlament)ga saylovlar oʻtkazish boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi rahbari, 2003 y. Falastin bosh vaziri, 2004 y.dan FOT Bosh kotibi hamda mazkur tashkilot doirasidagi FATH (Falastin Ozodlik harakati) rahbari, 2005 y. yanvardan Falastin Muxtoriyati raisi, FOT Ijroiya qoʻmitasi raisi.