21 (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(21 (film, 2008)dan yoʻnaltirildi)
Ushbu maqola film haqidadir. 21 soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
21
Rejissyor(lar) Robert Luketic
Prodyuser(lar) Kevin Spacey
Brett Ratner
Dana Brunetti
Michael De Luca
Ssenariynavis(lar) Ben Mezrich
Peter Steinfeld
Allan Loeb
Rollarda Jim Sturgess
Kevin Spacey
Kate Bosworth
Laurence Fishburne
Aaron Yoo
Bastakor(lar) David Sardy
Kinematografiya Russell Carpenter
Muharrir(lar) Elliot Graham
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi Qoʻshma Shtatlar 28-mart 2008
Germaniya 10-aprel 2008
Birlashgan Qirollik 11-aprel 2008
Rossiya 17-aprel 2008
Davomiyligi 123 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Inglizcha
Byudjeti $35 million

21 (inglizcha: 21: The Movie) — 2008-yili Columbia Pictures tomonidan taqdim etilgan film-drama. Ushbu film avstraliyalik rejissor Robert Luketic (Qonundagi mallasoch) va Jim Sturgess, Kevin Spacey, Kate Bosworth, Laurence Fishburne kabi aktyorlar tomonidan yaratilgan. Film MIT Blackjack Guruhining hayotiy voqeasiga asoslangan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Ben Campbell — Bostondagi Massachusets Texnologiya Institutining yosh, oʻtkir zehnli, intiluvchan talabasi. Harvardning Tibbiyot Maktabiga oʻtib, shifokor boʻlishni hohlagan Benga stipendiya kerak boʻladi. Uni toʻrt-besh yillik oʻqish uchun 300.000$ toʻlashga qurbi yetmaydi, chunki u oʻrtahol oiladan boʻladi. Ammo, bir kuni Ben matematika professori Mickey Rosa tomonidan kichkina besh kishilik sirli klubga taklif qilinadi. Klub — Jill, Choi, Kianna va Jimmydan iborat boʻladi, ularni professor blackjackda qartalarni sanash usullariga oʻrgatar edi. Pullarga hohishi oshgan Ben yangi doʻstlariga qoʻshilib dam olish kunlari Las Vegasga uchib turadi. U yerda talabalar kod bilan gaplashib va qoʻllar orqali signallar berib, kazinoma kazino blackjackda yutib yurishadi va yuz ming dollarlab pul topishadi. Ben faqatgina Harvardda oʻqishni toʻlashga yetarli pul topib oʻyindan chiqishni maqsad qiladi, ammo, oʻz nafsiga asir boʻladi. Fortuna esa abadiy yaxshi boʻla olmaydi...

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]