2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zilzila sodir boʻlgan joy xaritasi.

2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi Qirgʻizistonning Oʻzbekistonga qoʻshni viloyatida, Toshkentdan 235 km janubi-sharqda,[1] 2011-yili Toshkent vaqti bilan 19-iyuldan 20-iyulga oʻtar kechasi soat 00:35 da[2] sodir boʻldi.[1][3] Zilzila magnitudasi 6,1 dan oshdi, epitsentri yer sirtidan 16 km chuqurlikda edi.[4] Silkinish taxminan 40 soniya davom etdi.[5]

Mundarija

Talafotlar [tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, zilzila oqibatida Fargʻona viloyatining Rishton, Bogʻdod va Oʻzbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok boʻlgan, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.[3]

Yer qimirlashi natijasida 800 dan oshiq binoga jiddiy zarar yetdi.[6] Margʻilonda uylar buzilib tushdi.[7]

Tojikistonda ham yer silkinishi qayd etildi, Xoʻjandda bir kishi vahimadan halok boʻldi.[8]

Qurbonlar [tahrir]

Jarohatlanganlar va halok boʻlganlar
Fuqaroligi Oʻlganlar Yaralanganlar
Flag of Uzbekistan.svg Oʻzbekiston 13 86
Flag of Tajikistan.svg Tojikiston 1
Flag of Kyrgyzstan.svg Qirgʻiziston 4
Jami 14 90

Manbalar [tahrir]

Havolalar [tahrir]