Yoshlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Yoshlik"dan yoʻnaltirildi)

Yoshlik“ – Oʻzbekiston yoshlarining ijtimoiy-adabiy jurnali. Toshkentda oyda 1 marta chiqadi.

Muassislari va tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati. Dastlab 1982-yilda tashkil etilgan. 1991 yilda hozirgi nom bilan qayta tiklandi. Jur. yosh isteʼdodlarni kashf etish, oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini eʼlon qilish borasida bir qator xayrli ishlarga qoʻl urdi. Jur. sahifalarida yangi badiiy asarlar bilan bir qatorda bugungi yeshlarning orzu-umidlari, oʻy-tashvishlari, maʼnaviyati, dunyoqarashlari haqida baqs yurituvchi maqolalar va suhbatlar muntazam berib boriladi. Muharriri – Abduqayum Yoʻldoshev (1999 yildan) „Yoshlik“ jurnalida turli davrlarda Erkin Vohidov, Omon Matjon, Gʻaffor Hotamov, Tohir Malik, Sobir Oʻnar muharrirlik qilishgan. Adadi 10000 (2002)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil