"Samoviy sarguzashtlar" qismlari roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Samoviy sarguzashtlar" teleseriali qismlari roʻyxati berilgan.

Mavsum Qismlar Premyerasi
1 14 1996
Nickelodeon
2 13 19961997
Nickelodeon

1-mavsum: 1996[tahrir]

Qism # Sarlavha Premyerasi
0 "Breath of a Salesman (Sotuvchining nafasi)" efirda boʻlmagan
Kelgindi sotuvchi, Yee Haw Jones, kemaga chiqadi. 
1 "We Gotta Get Out of This Place (Bu yerdan joʻnashimiz zarur)" 2-mart, 1996
Amaliy mashgʻulotlari ularning tayyor emasliklari vaji bilan qoldirilganini bilib qolgan Yulduzlar Akademiyasi talabalari oʻzboshimchalik bilan kelgindilar kemasi — Christa bilan bogʻlanishga harakat qilishadi. Ularni izlab kelgan Komandir Goddard va Miss Davenport ham kemaga chiqadilar va Christa samoviy sakrash orqali uzoq fazoga uchib ketadi; uyga qaytish uchun esa yetti yillik yoʻl bosib oʻtish kerak. 
2 "Who Goes Where? (kim qayerga boradi?)" 9-mart, 1996
Rosiening ochiq fazoga chiqib ketgan oʻyinchoq ayiqchasini qutqarib olgan Radu Spunglar haqida gallutsinatsiyalar koʻrishni boshlaydi. 
3 "A Day in the Life (Hayotning bir kuni)" 16-mart, 1996
Christa bir juft kelgindilarning oʻljasiga aylanishiga bir bahya qoladi. 
4 "Spung At Heart (Qalblarda Spung)" 23-mart, 1996
Halokat signalini qabul qilganlaridan soʻng Radu va Harlan yosh Spungni — ham odamlar, ham andromedaliklarning dushmani boʻlmish irq vakilini qutqarishadi. Mukofot tariqasida Spung ularning kelajagidan bashorat qiladi, va bu bashoratlarning roʻyobga chiqayotganidan kema jamoasi xavotirga tushadi. 
5 "Forever Young (Doimo yosh)" 30-mart, 1996
Kelgindi Neinstein Miss Davenport va Komandir Goddardni yashartirib, bolalarga aylantirib qoʻyadi. Bolalar kemada kattalar yoʻqligini nishonlayotgan mahal kemani va ularni Neinstein egallab oladi. Jamoa oʻziga kelib, kemani qaytarishga erishadi. 
6 "Nowhere Man (Manzilsiz kimsa)" 6-aprel, 1996
Yolgʻiz qolishni istagan Harlan muhandislik xonasida radiatsiya oqimini topadi. 
7 "Desperately Seeking Suzee (Suzeeni ayanch-la izlab)" 13-aprel, 1996
Suzee Catalina bilan janjallashib, arazlab ketib qoladi. Catalina va Harlan Christani toʻgʻri kometa tomon uchirib, Suzeening ularni qutqarish uchun qaytib kelishiga umid qilishadi. 
8 "It's My Birthday, Too (Yeah!) (Bu mening ham tugʻilgan kunim, ha!)" 20-aprel, 1996
Radu Bovaning tugʻilgan kunidan xabar topgach, bu kunda u ham tugʻilganini aytadi, biroq ishlar chappasidan ketadi. 
9 "Tie Me Kangaroo Down, Court" 27-aprel, 1996
Oʻzini boshliq his etgan Harlan jamoaning asabiga tegadi; ular Harlanning ustidan mahkama ishi boshlashadi. 
10 "Prisoner of Luff (Luff mahbusi)" 4-may, 1996
Irqini urushdan saqlamoqchi boʻlgan mahbus Christani qoʻlga oladi. 
11 "The Impossible Dram (Ilojsiz drama)" 18-may, 1996
Christa bortiga oʻzining xayolidagi maxluq bilan kurashmoqchi boʻlgan ritsar chiqadi (Don Kixotga ishora). 
12 "Break On Through to the Other Side (Roʻpara tomondan teshib chiqib)" 25-may, 1996
Bova Thelmani xiyonatchi qilib koʻrsatuvchi voqeaga guvoh boʻladi. 
13 "On the Road to Find Out (Kerak yoʻlni izlab)" 1-iyun, 1996
Jamoa Christaga oʻxshash, ammo biror jangni boshidan kechirgan kabi koʻrinuvchi kemaga duch keladi. 

2-mavsum: 1996-1997[tahrir]

Qism # Sarlavha Premyerasi
1 "New Places, New Faces (Yangi joylar, yangi tanishlar)" 12-oktabr, 1996
Giperfazodan uchib chiqqan uchta Spung harbiy kemalari Christaga hujum qilishadi. 
2 "The Sporting Kind (Sportcha feʼl-atvor)" 19-oktabr, 1996
Rosie oʻziga ermak hayvon topib oladi, biroq bu Spunglarning oʻljasi edi, va ular uni yoʻqotib, jahllari chiqadi. 
3 "Long Distance Calls (Uzoq masofali qoʻngʻiroqlar)" 26-oktabr, 1996
Jamoa uydagilar bilan aloqaga chiqish uchun quvvatli aloqa yoʻldoshini ishlatishadi, lekin ularning signallarini Komandir Goddardning azaliy dushmani — qaroqchi Reaver tutib oladi. 
4 "King of the Hil (Hil qiroli)" 2-noyabr, 1996
Harlan Hil qabilasi tomonidan ushlab olinadi, va ularning qiroliga aylanadi. 
5 "Truth Hurts (Haqiqat achitadi)" 9-noyabr, 1996
Sir-sinoat saqlay olmaydigan Rosie jamoadagilarning ishonchini yoʻqotadi. 
6 "Homeward Bound (Vatanga bogʻlanganlar)" 16-noyabr, 1996
Radu Spunglar hujumidan boxabar etuvchi tush koʻradi, biroq jamoadagilar unga ishonmaydilar. 
7 "All You Can Eaty (Ochofat)" 23-noyabr, 1996
Jamoadagilar koʻrinishidan chiroyli bir hayvon topib, kemaga keltirishadi, biroq uning yeb-toʻymas ekanligi aniqlanadi va talay muammolar tugʻiladi. 
8 "Both Sides Now (Endilikda ikkala tomon ham)" 30-noyabr, 1996
Kemadagilar bir-birlari bilan tana almashishni orzulashadi: Suzee robot boʻlmoqchi, Radu — odam, Harlan esa andromedalik boʻlishni istaydi. Orzulari ushalgach, Christa ularni tanimay qoladi va buyruqlariga boʻysunmaydi. 
9 "Mother Knows Best (Ona eng yaxshisini biladi)" 7-dekabr, 1996
Oʻzini "Ona" deb ataydigan gʻalati energetik kuch bolalarga ular istagan narsalarni berib, erkalaydi. Bu orada Ona Christaning energiyasini soʻrib oladi, Thelma jamoani bu haqida ogoh etishga urinadi. 
10 "A Star is Boring (Zerikarli yulduz)" 19-yanvar, 1997
Bova jamoadan sovub, odamovi boʻlib qoladi, va fazoga oʻzida abadiy hayot dorisi bor, deb signal yuboradi. Buni eshitgan oʻzga sayyoralik xaridor bu dorini sotib olmoqchi boʻladi, biroq Bovada dori yoʻqligini bilib qolib, uning oʻzini oʻgʻirlaydi va tomoshaxonada "Eng keksa mavjudot" deb koʻrsatadi. 
11 "Runaway (Qochish)" 5-yanvar, 1997
Radu va Bova Christa uchun yoqilgʻi olib kelishadi. Suzee kemaning dvigatellariga oʻzgartirish kiritadi, Harlan ularni sinab koʻrmoqchi boʻladi, va Christa boshqaruvdan chiqib ketadi. 
12 "Trouble With Doubles (Doppleganger)" 12-yanvar, 1997
Kema tashlandiq sunʼiy yoʻldosh yonidan uchib oʻtayotib, unda yashaydigan Doppleganger nomli mavjudotni bexos bortga olishadi. Doppleganger jamoadagilarning yovuz egizaklarini yasab, kemada tartibsizlik boshlaydi. 
13 "A friend in Need (Ogʻir damdagi doʻst)" 27-yanvar, 1997
Jamoadagilar Spung hujumi ostida boʻlgan kemani tekshirishadi, u yerda ularni kema kompyuteri asir etadi.