Besh bosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Besh bosh"dan yoʻnaltirildi)

"Besh bosh" — 20-asr boshlarida Turkistonning paxta tozalash va paxta moyi ishlab chiqarish sanoatida hukmronlik qilgan aksiyadorlar jamiyati. 1914-yilda tashkil etilgan. "Besh bosh "da 5 paxta firmasi—"Vl. Alekseev", "Br. Shlossberg", "Moskovskoye torgovopromoʻshlennoye tovarihestvo", "Pers", "Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura" birlashgan. Unga Turkistonning turli viloyatlarida joylashgan paxta tozalaydigan 39 ta va paxta moyi ishlab chiqaradigan 5 ta zavod qaragan. "Besh bosh " Rossiyadagi "Salo.mas" sindikatining aʼzosi boʻlgan, oʻz faoliyatida Rossiya imperiyasidagi yirik banklardan biri—RusOsiyo bankiga tayangan. "Besh bosh " Turkistonda mustamlakachilik zulmi tayanchi boʻlib kelgan. "Besh bosh " 1918-yil martoyida natsionalizatsiya qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil